среда, 8 октября 2014 г.

pushkada qolgan odamning dardi..




Birovlar nega yozmay qo`yganimni so`rashadi.

Yozishku qiyinmas. Har kuni bitta nimarsa qoralash ish emas. Lekin,sharillatib-taqillatib yozib tashlayversak, hamma oson ish ekan-ku bu deb, bloger bo`bketmasin deymizdaa))

Aldadim albatta. Boshqalarni bilmadim-u, manda boshqa sabab bor.

Buni tushkunlik deb ham bo`lmaydi. Qolaversa, mendagi tushkunlikni doimiy hisoblab, “tushkunliklar knyazi” martabasini xatlab berishgan bo`lsaa..

Bu shunday holatki, barcha endi seni yomon ko`rib qolgandek, his qilasan o`zingni.

Bu shunday holatki, yemagan somsangga pul to`lash alam qilayotkan bo`ladi.

Va yana, bu holatni shunday ta`riflash mumkinki, endi noma`lum muddatgacha pana-pastqamlarda yurishing kerak.

Futbolchilarda hech qanday jarohat olmasa-da, formada bo`lmaslik holati borku, o`shangayam o`xshatish mumkin.

Qaysidir yili, Eden Azar Suonsi bilan o`yinda edi shekilli, “ball-boy” to`pni bermasdan, vaqtni cho`zgani uchun, undan to`pni kuch bilan olib qo`yishiga to`g`ri kelgandi va alal-oqibatda butun olam uni vahshiylikda ayblab chiqqan edi. O`sha voqeadan keyin Azarning o`yini pasaydi, fentezi o`yiniga umuman yaramay qoldi desayam bo`lar)

Yoki, Runining bir mojaroga aralashibqolganini olaylik. O`sha mavsumda u ham “mandraj” holatida yurib, o`yindan gol urish tugul, penalti zarbalarini osmonga qarata yo`naltirganlarini ko`pchilik yodida saqlasa kerak. Tag`in, Jerardda shunaqa davr bo`lganini eslashimiz mumkin..

O`zimga keladigan bo`lsak, o`zimga kelishim u qadar ko`p vaqtni talab etmasligi tayin. Oxirgi sayrdan omon qaytmagan zontik o`rniga boshqasini olib, ko`chalarni yayov kezishim yaqin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий