среда, 8 января 2014 г.

baland ovozdagi izhor..


Baqirsang! 
 Miyang'ilarning ming'ir-ming'irini bosib ketsa ovozing.
 Milliard yil chidaganing haqqi hurmati, boshqa chidamasang!
 Baqirsang! Baqiraversang! Tomog'ing bo'g'ilib ketsa! Jaranglagan kuchli ovozing bo'g'sa bo'g'zing, ko'rinmas shilpiq qo'llar emas. 
Yetar!!! Baqirsang, dunyoni ko'tarsang boshingga! Faqat yaramaslarni ko'taraverasanmi... 
Baqirsang, ko'zingdan yoshlar oqquncha! Endi sotqinlar sababmas, toshqinlar sabab! O'zaningni bossa suv. Hamma hashaklarni yuvib ketsa suv, hamma eshshaklarni yuvib ketsa suv!


Baqirsang, yonsang, yondirsang borini!! Kul bo'lsa saqlagan salqin shu miyang!
 Boshqa tushunmasang, boshqa sezmasang! Hayvonga aylansang!!! Ha mana! Mana siz nuqul menda ko'rgan bo'ri! Bir o'zimning yetsa hammangga zo'rim!
 Baqirsang, aylansa oxiri na'rang yovvoyi ovozga! Hammasini yengsang! Yesang! Tamshanib yesang! Qaynoq iflos qon bulg'asa tumshug'ing...
YEB aybdor bo'larding, nihoyat!
Baqirsang! Va kulsang, qiyqirib! Baxtingni yuraging ko'tarolmasa... Shu katta yuraging, shu keng yuraging... boshqa bir zarra ham sig'dirolmasa!!!
 Baqirsang, baqirsang, o'lsang baqirib! Xursand qilsang ularni, o'lib... Yana ular bilgan aybdor bo'lib... Mehringdan, sabringdan, sevgingdan o'lib...

Pi/Es: ushbu noma noma`lum sohibjamol tomonidan bitilgan~

Комментариев нет:

Отправить комментарий